Sirdaryoda byudjetdan jami 22 mlrd. soʻmga yaqin pul ajratildi
Viloyatdagi 108 ta maktabning sanitariya holatini yaxshilash va ichki hojatxonalarni tashkil etish uchun 7 mlrd.soʻm beriladi.
Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev 29 fevral va 1 mart kuni chiqargan uchta farmoyishi bilan jami 22 mlrd 700 mln. soʻm mablagʻ ajratdi.
Birinchi farmoyishga koʻra, viloyatdagi 108 ta maktabning sanitariya holatini yaxshilash va ichki hojatxonalarni tashkil etish uchun 7 mlrd. soʻm ajratiladi. Mablagʻ viloyat byudjetining erkin mablagʻlari qoldigʻidan taqdim etilishi belgilangan.
Bundan tashqari viloyat soliq boshqarmasi va tuman (shahar) tuman soliq idoralarini taʼmirlash xarajatlari erkin qoldiq mablagʻlardan 5 mlrd. soʻm "Yagona buyurtmachi xizmati" DUKka ajratiladi.
Viloyat qon quyish stansiyasi uchun bino qurish xarajatlariga 9,7 mlrd. berilishi koʻzda tutilmoqda.
Har uchchala farmoyish boʻyicha nazorat Sirdaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari R.Boboyev va hokim oʻrinbosari V.Ibadullayev zimmasiga yuklatilgan.
Hokim Akmaljon Mahmudaliyev bir kun avval ham qarzlar toʻlovi uchun pul ajratgandi.