Gʻazoda gumanitar yordam ilinjidagi 110 dan oshiq kishi halok boʻldi
Avval Isroil harbiylari tinch aholiga qarata oʻt ochgan, natijada yordam karvoni atrofida tartibsizlik yuzaga kelgan.

Gʻazo sektoriga gumanitar yordam karvon kirib kelishi vaqtida yuz bergan tartibsizliklar oqibatida 110 dan ortiq falastinlik halok boʻldi.
Gʻazo shahri gʻarbida Isroil harbiy nazorat punktidan oʻtayotgan yuk mashinalari karvonini gumanitar yordam kutayotgan olomon qurshab olgan.
Isroil armiyasining maʼlum qilishicha, qoʻshinlar harbiylar xavf tugʻdirgan deb hisoblagan baʼzi falastinliklarga qarata oʻt ochgan.
Natijada yuzaga kelgan tartibsizlikda yuk mashinalari oldinga siljishga harakat qilishgan. Voqea guvohi boʻlgan falastinlik BBC bilan suhbatda halok boʻlganlarning koʻpchiligini mashinalar urib ketganini tasdiqladi.
Isroil harbiylari tomonidan eʼlon qilingan havodan olingan videoda minglab odamlar yuk mashinalari ustiga chiqib, ularning atrofida toʻplanganini koʻrish mumkin.
Gʻazo tomoni mazkur fojiada Isroilni aybladi. AQSh prezidenti Jo Bayden bu voqea HAMAS va Isroil oʻrtasidagi toʻqnashuvlarda vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishni qiyinlashtirishidan xavotir bildirdi.
Maʼlumotlarga koʻra, bugunga kelib Gʻazodagi urushda 30 mingdan oshiq falastinlik halok boʻldi.