Andijonda yangi maktab qurishga salkam 7 mlrd. ajratildi
31-maktab oʻquvchilari vaqtincha boshqa binoda oʻqishni davom ettiradilar.

Andijon tumani Saydilobod mahallasida joylashgan 31-maktabning 660 oʻrinli eski binosi buzilib, oʻrnida loyiha qiymati 6,8 mlrd. soʻm boʻlgan 540 oʻrinli yangi bino quriladi.
Shu munosabat bilan maktabda tahsil oluvchi jami 880 nafar oʻquvchi Andijon pedagogika instituti qoshidagi akademik litseyning 2-3- qavatlaridagi boʻsh turgan xonalarga vaqtinchalik koʻchiriladi.
Litsey binosidan foydalanishda kommunal toʻlovlar va binoni saqlash holati boʻyicha maktab va litsey maʼmuriyati qoʻshimcha kelishuv bitimi tuzishi kerak.