Shavkat Mirziyoyev va Lukashenko "Amirsoy”da changʻi uchdilar

Ikki davlat oʻrtasida turizm va sport boʻyicha kelishuvlar imzolangandi. 

Jamiyat
9-fevral, 20:26
Shavkat Mirziyoyev va Lukashenko "Amirsoy”da changʻi uchdilar

Oʻzbekiston  Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko “Amirsoy” togʻ dam olish maskaniga tashrif buyurdilar.

Kecha Toshkentda boʻlib oʻtgan muzokaralarda davlat rahbarlari madaniy-gumanitar yoʻnalishda, shu jumladan sport va turizm sohalarida faol almashinuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar. Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida boshqa hujjatlar qatorida 2024-2025 yillarda Sport sohasida hamkorlik boʻyicha dastur va Turizm sohasida hamkorlik boʻyicha chora-tadbirlar rejasi imzolangan edi.

Keyingi yillarda Oʻzbekistonda sport va turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirildi. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Amirsoy” togʻ dam olish maskani shular jumlasidan. Oxirgi uch yilda bu yerga 4 millionga yaqin sayyoh kelgan.

Jahon darajasidagi har mavsumga mos ushbu majmuaga tashrif davomida davlat rahbarlari sportchilar va sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar, ikki mamlakat oʻrtasidagi turizm almashinuvini kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.

Yetakchilar samimiy muloqotni togʻ-changʻi trassasida davom ettirib, birgalikda changʻi uchdilar.

Eslatib oʻtamiz, Lukashenko 7-9 fevral kunlari Oʻzbekistonda boʻlishi xabar qilingandi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+