Qarshida bir oilaning besh aʼzosi nomaʼlum gazdan zaharlandi

Mazkur hodisa yuzasidan komissiya tuzildi. 

Jamiyat
9-fevral, 17:23
Qarshida bir oilaning besh aʼzosi nomaʼlum gazdan zaharlandi

Qarshi shahrida ota-ona va uch nafar farzand nomaʼlum etiologik moddadan zaharlandi. Aytilishicha, modda qozonxona dudburonidan ajralib chiqqan. 

Bu haqda Qarshi shahar hokimining baxtsiz hodisa tafsilotlarini oʻrganish va bartaraf etish toʻgʻrisidagi qarorida aytiladi. 

Hodisa 27 yanvar sanasida sodir boʻlgan,  besh kishi Respublika tez tibbiy yordam markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgan, hozirda ahvoli barqaror.  

Mazkur hodisa yuzasidan komissiya tuzilgan. Unga Qarshi shahar hokimi oʻrinbosari rahbar etib tayinlangan. Komissiya mazkur hodisa va shunga oʻxshash voqealarni oʻrganadi. 

Biroz avval Toshkent viloyati ishchi kanalizatsiyaga tushib ketib zaharlangan va vafot etgandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+