Kim Chen In "Janubiy Koreyani bosib olish"ga tayyorligini bildirdi
Mazkur qaror favqulodda holat yuzaga kelgandagina qabul qilinadi.
KXDR Koreya Respublikasini oʻzining doimiy asosiy dushmani deb hisobladi va oʻz xavfsizligi uchun uni bosib olishga tayyorligini bildirdi.
Bu haqda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bayonot berdi, deb xabar qiladi Koreya markaziy axborot agentligi.
“Yaqinda partiyamiz va hukumatimiz xalqimizning boʻlinishi va qarama-qarshiligi tarixini sarhisob qildi”, degan Kim Chen In.
U “Janubiy Koreya qoʻgʻirchoqlari”ni mamlakatning doimiy asosiy dushmani deb atadi. Shimoliy Koreya rahbarining soʻzlariga koʻra, ularning hududini bosib olish qarori favqulodda vaziyat yuzaga kelganda qabul qilinadi.
Fevral oyi boshida Kim Chen In KXDR harbiy-dengiz kuchlarini urushga tayyorlanishga va mamlakat dengiz suverenitetini himoya qilishga chaqirgan edi.
Shuningdek, yanvar oyida KXDR Janubiy Koreyaga qarata yuzlab snaryadlar otgandi. Ushbu snaryadlar dengizga qulagan.
Eslatib oʻtamiz, har ikki koreys davlati rasman bir-birini tan olmaydi va oʻzini yagona Koreya davlatining davomchisi deb biladi.