Fargʻonada gaz boʻyicha uyushgan mansabdorlar fosh boʻldi

Ular til biriktirib, aholiga noqonuniy qarzdorliklar yozishgan, korxonalarning katta qarzlariga esa koʻz yumishgan.

Jamiyat
9-fevral, 21:02
Fargʻonada gaz boʻyicha uyushgan mansabdorlar fosh boʻldi

"Hududgaz" Fargʻona viloyati filiali va bir nechta tuman boʻlimlari rahbar xodimlari oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilib, soxta hujjatlar yasagan, korxonalarning yirik qarzlariga koʻz yumgan va davlatga katta miqdorlarda zararlar yetkazgan.

Platina.uz saytida nusxasi bor sud hukmiga koʻra:

  • “Hududgaz Fargʻona” gaz taʼminoti filiali direktori U.K. va oʻrinbosari M.A. 2021 yil davomida jami 39 ta oxak ishlab chiqarish sexlarining 5 mlrd. 451 mln. 565,6 ming soʻmlik tabiiy gazdan qarzdorligi boʻlgani holda oldindan toʻlovlarsiz qoʻshimcha 2 mlrd. 212 mln. 036,8 ming soʻmlik tabiiy gaz yetkazib berib, filialning debitor qarzdorligi 7 mlrd. 663 mln. 602,4 ming soʻmga oshib, davlat manfaatiga juda koʻp miqdorda zarar yetkazishgan.
  • U.K. va M.A., “Fargʻonashahargaz” boʻlimi boshligʻi D.N., “Qoʻqonshahartumangaz” boʻlimi boshligʻi X.G., “Quvasoyshahargaz” boʻlimi boshligʻi v.b. N.A., “Uchkoʻpriktumangaz” boʻlimi boshligʻi B.S., “Rishtontumangaz” boʻlimi boshligʻi S.S., “Beshariqtumangaz” boʻlimi boshligʻi A.M. va “Oʻzbekistontumangaz” boʻlimi boshligʻi E.R. bilan jinoiy til biriktirib, 2021 yil davomida umumiy olingan tabiiy gaz hajmiga nisbatan amalda foydalanilgan 131 mlrd. 349 mln. 717,0 ming soʻmlik tabiiy gaz isteʼmolchilarini aniqlamasdan, mazkur mikdordagi isteʼmol qilingan yoki noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmlarini yashirib, goʻyoki isteʼmolchilar shuncha hajmlardagi tabiiy gazni sarflab yuborganini koʻrsatish maqsadida tuman va shahar boʻlimlarining “BillinGaz” dasturi orqali “mavjud boʻlmagan xonadon”, “suyultirilgan gaz isteʼmolchisi”, “aniqlangunga qadar” deb nomlangan amalda mavjud boʻlmagan 99 ta abonentning shaxsiy hisob varaqlariga shuncha gaz isteʼmol qilingani haqida soxta maʼlumotlar kiritib, sunʼiy qarzdorliklarni yuzaga keltirib, davlat manfaatiga juda koʻp miqdorda zarar yetkazishgan.
  • U.K. va M.A. 2021 yil davomida umumiy olingan tabiiy gaz hajmiga nisbatan amalda foydalanilgan 50 mln. 177,6 ming metr kub, yaʼni 17 mlrd. 60 mln. 400,3 ming soʻmlik tabiiy gaz isteʼmolchilari aniqlanmasdan qolinishiga yoʻl qoʻyib, shuncha miqdorda vujudga kelgan egasi noaniq (manfiy farq) gaz hajmlari summasini filialning “davriy xarajatlari”ga oʻtkazilib, konun bilan qoʻriqlanadigan davlat manfaatiga juda koʻp miqdorda zarar yetkazishgan.
  • U.K. va M.A. tabiiy gaz tarmogʻidan 2016 yilga qadar uzilgan va hisob varaqlarida gaz taʼminoti uchun oldindan toʻlovlari mavjud 153 315 ta isteʼmolchining pullarini shu kungacha qaytarish choralarini koʻrmagani oqibatida fuqarolar manfaatlariga 2 mlrd. 278 mln. 743,1 ming soʻmlik juda koʻp miqdorda zarar yetkazilgan.
  • “Hududgaz Fargʻona” gaz taʼminoti filiali “Qoʻqonshahargaz” boshligʻi X.G. 2021 yil va 2022 yilning 3 oyi davomida jami 31 ta oxak ishlab chiqarish sexlari va ulgurji isteʼmolchilarning 782 mln. 695,6    ming soʻmlik tabiiy gaz toʻlovlarini oldindan undirmasdan, 447 mln. 217,8 ming soʻmlik tabiiy gaz yetkazib berib, filialning debitor qarzdorligi 1 mlrd. 229 mln. 913,4 ming soʻmga oshib;
  • “Quvasoyshahargaz” boshligʻi N.A. 2021 yil va 2022 yilning 3 oyi davomida jami 13 ta oxak ishlab chiqarish sexlari va ulgurji isteʼmolchilarning 410 mln. 802 ming soʻmlik tabiiy gaz toʻlovlarni oldindan undirmasdan 334 mln. 583,3 ming soʻmlik tabiiy gaz yetkazib berib, filialning debitor karzdorligi 745 mln. 385,3 ming soʻmga oshib;
  • “Rishtontumangaz” boshligʻi S.S. 2022 yilning 3 oyi davomida jami 15 ta ulgurji isteʼmolchilarning 321 mln. 380,2 ming soʻmlik tabiiy gaz toʻlovlarni oldindan undirmasdan 87 mln. 948,8 ming soʻmlik tabiiy gaz yetkazib berib, filialning debitor qarzdorligi 409 mln. 329 ming soʻmga oshib;
  • “Oʻzbekistontumangaz” boshligʻi E.R. 2022 yilning 3 oyi davomida jami 10 ta ulgurji isteʼmolchilarning 3 mlrd. 396 mln. 447,3 ming soʻmlik tabiiy gaz toʻlovlarni oldindan undirmasdan 1 mlrd. 903 mln. 300,6 ming soʻmlik tabiiy gaz yetkazib berib, filialning debitor qarzdorligi 5 mlrd. 299 mln. 747,9 ming soʻmga oshib;
  • “Uchkoʻpriktumangaz” boshligʻi B.S. 2021 yil va 2022 yilning 3 oyi davomida jami 32 ta oxak ishlab chiqarish sexlari va ulgurji isteʼmolchilarning 3 mlrd. 842 mln. 261,1 ming soʻmlik tabiiy gaz toʻlovlarni oldindan undirmasdan, 1 mlrd. 353 mln. 599,2 ming soʻmlik tabiiy gaz yetkazib berib, filialning debitor qarzdorligi 5 mlrd. 195 mln. 860,3 ming soʻmga oshib;
  • “Fargʻonatumangaz” boshligʻi Z.U. 2022 yilning 3 oyi davomida jami 17 ta ulgurji isteʼmolchilarning 698 mln. 166,3 ming soʻmlik tabiiy gaz toʻlovlarni oldindan undirmasdan 383 mln. 163,8 ming soʻmlik tabiiy gaz yetkazib berib, filialning debitor qarzdorligi 1 mlrd. 081 mln. 330,1 ming soʻmga oshib, davlat manfaatiga juda koʻp miqdorda zarar yetkazishgan.
  • X.G., U.K., M.A., 2022 yil 11 martda vafot etgan R.B. va Sh.N bilan jinoiy til biriktirib, 2021 yil davomida umumiy olingan tabiiy gaz hajmiga nisbatan amalda foydalanilgan 59 mlrd. 068 mln. 340 ming soʻmlik tabiiy gaz isteʼmolchilarini aniqlamasdan, mazkur mikdordagi isteʼmol qilingan yoki noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmlarini yashirib, goʻyoki isteʼmolchilar tomonidan ushbu hajmlardagi tabiiy gaz sarflanib yuborilganini koʻrsatish maqsadida, shahar boʻlimining “BillinGaz” dasturi orqali “Mavjud boʻlmagan xonadon” deb nomlangan 48 ta amalda mavjud abonentning shaxsiy hisob varaqlariga ushbu miqdordagi tabiiy gazni isteʼmol qilgani haqida soxta maʼlumotlar kiritib, toʻlovlari amalga oshirilmagani va debitor qarzdorlikda turganini koʻrsatib, soxta yozuv va maʼlumotlarni rasmiy hujjatlarga kiritib, sunʼiy debitor karzdorliklarni yuzaga keltirib, davlat manfaatiga juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan.
  • X.G. jinoiy xarakatlarini davom ettirib, 2021 yil 1 yanvar holatiga debitorlik qarzdorligi 11 mlrd. 878 mln. 824 ming soʻmni, 2022 yil 1 yanvar holatiga esa 10 mlrd. 36 mln. 252 ming soʻmni tashkil qilib, shundan aholi isteʼmolchilari qarzdorligi 10 mlrd. 36 mln. 252 ming soʻmga oshishiga yoʻl qoʻyib, debitor karzdorliklarni undirish choralarini koʻrmasdan, davlat va jamoat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan.
  • N.A. jinoiy xarakatlarini davom ettirib, U.K., M.A., “Quvasoyshahargaz” boʻlimi operatori T.U. bilan jinoiy til biriktirib, 2021 yil davomida umumiy olingan tabiiy gaz hajmiga nisbatan amalda foydalanilgan 12 mlrd. 920 mln. soʻmlik tabiiy gaz isteʼmolchilarini aniqlamasdan, mazkur miqdordagi isteʼmol qilingan yoki noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmlarini yashirib, goʻyoki isteʼmolchilar sarflab yuborganini koʻrsatish maqsadida, shahar boʻlimining “BillinGaz” dasturi orqali “Aniqlanguniga qadar” deb nomlangan 2 ta amalda mavjud boʻlmagan abonentlarning shaxsiy hisob varaqlariga soxta maʼlumotlar kiritib, sunʼiy debitor qarzdorliklarni yuzaga keltirib, davlat manfaatiga juda koʻp miqdorda zarar yetkazishgan.
  • S.S. jinoiy harakatlarini davom ettirib, U.K., M.A., “Rishtontumangaz” boʻlimi operatorlari M.M. va M.J. bilan jinoiy til biriktirib, 2021 yil davomida umumiy olingan tabiiy gaz hajmiga nisbatan amalda foydalanilgan 5 mlrd. 925 mln. 720 ming soʻmlik tabiiy gaz isteʼmolchilarini aniqlamasdan, mazkur mikdordagi isteʼmol qilingan yoki qonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmlarini yashirib, goʻyoki isteʼmolchilar sarflab yuborganini koʻrsatish maqsadida “BillinGaz” dasturi orqali tabiiy gaz tarmogʻidan uzilib, soxta yozuv va maʼlumotlarni rasmiy hujjatlarga kiritib, sunʼiy debitor karzdorliklarni yuzaga keltirib, davlat manfaatiga juda koʻp miqdorda zarar yetkazishgan.
  • E.R. jinoiy harakatlarini davom ettirib, U.K., M.A. va “Oʻzbekistontumangaz” boʻlimi operatori X.S. bilan jinoiy til biriktirib, 2021 yil davomida umumiy olingan tabiiy gaz hajmiga nisbatan amalda foydalanilgan 3 mlrd. 478 mln. 584,0 ming soʻmlik tabiiy gaz isteʼmolchilarini aniqlamasdan, mazkur mikdordagi isteʼmol qilingan yoki noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmlarini yashirib, goʻyoki isteʼmolchilar sarflab yuborganini koʻrsatish maqsadida “BillinGaz” dasturi orqali “Mavjud boʻlmagan xonadon” deb nomlangan amalda yoʻq 1 ta abonentning shaxsiy hisob varagʻiga soxta yozuv va maʼlumotlarni kiritib, sunʼiy debitor qarzdorliklarni yuzaga keltirib, davlat manfaatiga juda koʻp miqdorda zarar yetkazishgan.
  • E.R. jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2021 yil davomida umumiy olingan tabiiy gaz hajmiga nisbatan amalda foydalanilgan 1 mln. 558,5 ming metr kub, yaʼni 529 mln. 899,2 ming soʻmlik tabiiy gaz isteʼmolchilari aniqlanmasdan qolishiga yoʻl qoʻyib, shuncha miqdorda vujudga kelgan egasi noaniq (manfiy farq) gaz hajmlari summasini filialning “davriy xarajatlari”ga oʻtkazib, qonun bilan qoʻriqlanadigan davlat manfaatiga juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan.
  • B.S. jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2021 yil davomida 5 mlrd. 330 mln. 724,0 ming soʻmlik tabiiy gaz isteʼmolchilarini aniqlamasdan, mazkur miqdordagi isteʼmol qilingan yoki noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmlarini yashirib, isteʼmolchilar sarflab yuborganini koʻrsatish maqsadida “BillinGaz” dasturi orqali “Mavjud boʻlmagan xonadon” deb nomlangan amalda mavjud 1 ta abonentning shaxsiy hisob varagʻiga soxta yozuv va maʼlumotlarni kiritib, sunʼiy debitor karzdorliklarni yuzaga keltirib, davlat manfaatiga juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan.

Xuddi shu tariqa boshqa sudlanuvchilar ham ana shunday soxta hujjatlar bilan davlat va jamiyat manfaatlariga katta miqdorda zarar keltirishgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+