Bir oyda qancha elektr va gaz oʻgʻirlangani maʼlum boʻldi

Yetkazilgan zarar miqdori qariyb 100 mlrd. soʻmga yaqinlashdi. 

Jamiyat
9-fevral, 9:52
Bir oyda qancha elektr va gaz oʻgʻirlangani maʼlum boʻldi

Bir oyda 995 ta isteʼmolchi tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida tizimga 94 mlrd 542 mln soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” xabar bermoqda. 

Joriy yilning yanvar oyida “Oʻzenergoinspeksiya”  ishtirokida Bosh prokuratura hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, elektr va gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 995 ta isteʼmolchi tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Unga koʻra 20 mln 486 ming kVt⋅soat elektr energiyasi va 47 mln 387 ming metr kub tabiiy gaz talon-taroj qilingan boʻlib, davlat manfaatlariga jami 94 mlrd 542 mln soʻm zarar yetkazilgan.

Respublikaning barcha hududlarida Inspeksiya tomonidan 24 969 ta profilaktika tadbir oʻtkazildi. Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik boʻyicha 937 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi. 

Energiya samaradorligi, avariya va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan 14 ta davlat korxona va muassasasida nazorat tadbirlari oʻtkazildi. Taʼminotchi korxonalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 1 540 ta obʼekt hamda 2 565 ta ijtimoiy soha obʼekti oʻrganildi. 

Reaktiv quvvatni kompensatsiya qiluvchi qurilmalar oʻrnatish yuzasidan tadbirkorlik subʼektlarida tushuntirish ishlari olib borilib, 13 145 ta isteʼmolchiga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Eslatib oʻtamiz, avval Sirdaryodagi zapravkada 64 milliard soʻmlik gaz oʻgʻirlangani maʼlum boʻlgandi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+