platina.uz
Jamiyat

"Toshshahartransxizmat" rahbari qamoqqa olindi

U mablagʻlarni talon-toroj qilishda ayblanmoqda. 

"Toshshahartransxizmat" rahbari qamoqqa olindi

"Toshshahartransxizmat" rahbari hibsga olindi. Oliy sud matbuot xizmati bu maʼlumotni tasdiqladi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudida Bosh prokuror oʻrinbosarining Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi (surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish) tartibida ushlangan A. D. (erkak, 1982 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan) ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomasi koʻrib chiqildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudining 2024 yil 7 fevraldagi ajrimi bilan Bosh prokurori oʻrinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi A. D.ga nisbatan “qamoqqa” olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilandi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid