Iqtisodiyot universitetiga rektor tayinlandi
Prezidentning tegishli qaroriga asosan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent Moliya instituti va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal instituti birlashtirildi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent Moliya instituti va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal instituti birlashtirildi.
Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilingan.
Hukumat qarori bilan iqtisod fanlari doktori, professor Teshabayev Toʻlqin Zakirovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi.
Toʻlqin Teshabayev 2016-2020 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori boʻlib ishlagan. Toshkent moliya institutiga 2020 yildan buyon rahbarlik qilayotgandi.
Eslatib oʻtamiz, 2019 yildan buyon Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori boʻlib ishlab kelgan Kongratboy Sharipov vazir etib tayinlangandi.