Zulfiya mukofoti yangicha tartibda beriladi
“Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi farmonga oʻzgartirish kiritildi.

“Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi farmonga kiritilgan oʻzgartirish bilan mukofot endi yangicha tartibda beriladi.
Unga koʻra, endilikda axborot texnologiyalari yoʻnalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar ham Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, mukofot komissiyasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatishi va unga bosh vazir oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi rahbarlik qilishi belgilandi.
Bundan tashqari, mukofotini olish uchun talabgorning soʻnggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilandi. Oldin bu muddat 2 yil edi.