Samarqand va Jizzaxda yuz mingdan oshiq aholi elektrsiz qoldi
Ushbu hududlarda kuchli shamollar kuzatilgan.
Kuchli shamol Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi ayrim elektr tarmoqlarida nosozliklar keltirib chiqargan. Natijada yuz mingdan oshiq aholi elektrsiz qoldi.
Soat 07:30 holatiga ushbu hududlarda yuz berayotgan kuchli shamol baʼzi bir elektr qurilmalarida nosozliklarga sabab boʻlgan.
Buning natijasida Samarqand viloyatida 457 MVt (114 ming 250 ta isteʼmolchi), Jizzax viloyatida esa 64 MVt (16 mingta isteʼmolchi) quvvat bilan elektr taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.
"Hozirgi vaqtda maxsus brigadalar tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar qisqa vaqt ichida bosqichma-bosqich bartaraf qilinib, isteʼmolchilarning elektr taʼminoti qayta tiklanadi" deyiladi Energetika vazirligi xabarida.