platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda fuqarolar mingga yaqin muammoni oʻrtaga tashladi

Respublika ishchi guruhi Prezident topshirigʻiga koʻra viloyatga bordi. 

Qashqadaryoda fuqarolar mingga yaqin muammoni oʻrtaga tashladi

Respublika ishchi guruhi oʻz faoliyatini hududlarda davom ettirmoqda. Galdagi manzil, Prezident topshirigʻiga asosan, Qashqadaryo viloyati boʻldi.

Ishchi guruhiga Prezident maslahatchisining oʻrinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari Ulugʻbek Muhammadiyev boshchiligida Xalq qabulxonasi xodimlari, vazirlik va idoralar masʼullari jalb etildi.

Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarga yechim topish, ular asosida ommaviy qabullarni tashkil etish, tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon - obod koʻcha - obod mahalla” mezonlarini joriy etish kabi masalalar guruh faoliyatining eʼtibor markazida boʻldi.

Oʻtgan bir oy davomida Xalq qabulxonalari boshchiligida viloyat, tuman, shahar sektorlari bilan 68 ta sayyor qabul tashkil etildi. Qabullarda 875 nafar fuqaro tomonidan 905 ta masala koʻtarildi. Murojaatlarning 425 tasi joyida hal etildi, 333 tasi boʻyicha tushuntirish berilib, qolgan 147 ta masala ijrosi nazoratga olindi.

Misol uchun, Koʻkdala tumani “Umakay” mahallasida yashovchi O.Ashurovning mazkur hududdagi 34-sonli umumtaʼlim maktabiga ishga joylashish yuzasidan qilgan murojaati ijobiy hal qilindi. Qabullar natijasi boʻyicha jami 105 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi.

Kasbi tumani “Yuksalish” mahallasida yashovchi L.Raxmatovaning taʼlim krediti olishni soʻrab qilgan murojaati hal etilib, fuqaroga “Mikrokerdit” bank tomonidan kredit ajratilishi taʼminlandi. Jami 100 nafardan ziyod fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratilishi taʼminlandi.

Bundan tashqari, kelib tushgan murojaatlar asosida ichki yoʻllarning 2 km qismiga shagʻal yotqazildi, 1,5 km piyodalar yoʻlagi barpo etildi, 1 ta transformator oʻrnatildi va 1 tasi joriy tamirlandi, 20 ta yangi temir-beton ustunlar oʻrnatildi, 3 km ichimlik suv tarmogʻi tortildi.

Qabullar doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Kasbi tumani “Obod Nekuz”, Qarshi tumani “Quyi beshkent”, Gʻuzor tumani “Jonbuloq”, Koson tumani “Chiroqchi” mahallalari aholisi uchun tibbiy koʻriklar tashkil etildi. Unda 1 160 nafar fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Natijada, 355 nafar bemorlarga ambulator sharoitda davolanishga tavsiya berildi, 27 nafar bemorlarga tuman, shahar va viloyat muassasalarida davolanish va tekshiruvlar uchun, 2 nafar bemorga yuqori texnologiyali operatsiyaga yoʻllanma berildi.

Respublika ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatida “Obod xonadon-obod koʻcha-obod mahalla” mezonlari asosida qurilish taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Jumladan, Koson tumanidagi “Chiroqchi”, Gʻuzor tumanidagi “Jonbuloq”, Qarshi tumanidagi “Quyi Bishkent” hamda Kasbi tumanidagi “Obod Nekoʻz” mahallalari tanlab olingan mahalladagi 3 230 ta xonadon toʻliq xatlovdan oʻtkazildi. Jami 749 ta xonadonda “Obod xonadon” mezonini joriy etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 40 ta xonadon uylari joriy taʼmirlandi, 42 ta xonadon tashqi devorlari taʼmirlandi va oqlandi, 19 ta xonadonning tom qismi taʼmirlandi, 43 ta xonadonga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazildi, 66 ta xonadon ichimlik suvi tarmogʻiga ulandi, 119 ta xonadonda tomorqadan samarali foydalanish choralari koʻrildi.

“Obod koʻcha” boʻyicha 71 ta koʻchada ishlar tashkil etilgan. Xususan, 7,6 km elektr tarmogʻi tortildi hamda 40 ta temir-beton ustunlar oʻrnatildi. 12,4 km ichki yoʻllarda shagʻallashtirildi. 9 ta ichimlik suvi nasoslari yangisiga almashtirildi, tizimdagi nosozliklar bartaraf etildi. Jami 5 ta koʻp qavatli uylarning kirish yoʻlaklari, tom qismida taʼmirlash ishlari olib borildi.

Ishlar davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid