Oltinkoʻl tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi
U avval Andijon viloyati hokimi yordamchisi lavozimida ishlagandi.

Abdujalilov Ergashali Abduqurbonovich Oltinkoʻl tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ergashali Abdujalilov 1985 yili Marhamat tumanida tugʻilgan. 2007 yilda Oʻzbekiston Respublikasi IIV akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy tizimlarda mutaxassis, boʻlim boshligʻi, rahbar oʻrinbosari hamda rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shu paytgacha Oltinkoʻl tumanida Mahamadmuso Obidov rahbarlik qilib kelayotgandi.