platina.uz

Ichki ishlar vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

U avval Toshkent viloyatida faoliyat olib borgan. 

Jamiyat
6-fevral 2024 yil
Ichki ishlar vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Toshkent viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari - IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshligʻi polkovnik Ashrapov Ramazon Ahmadhoʻjayevich Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari -Tergov departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Eslatib oʻtamiz, Ramazon Ashrapov avval Samarqand viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlagan va 2021 yilda Toshkent viloyatiga oʻtkazilgandi.

Taʼkidlash joizki, Tergov departamentining avvalgi rahbari Yahyoxon Abduxalkov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimdan ozod etilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+