Buxoroda noqonuniy buzilishlar boʻyicha ishchi guruh tuzildi
Hududdagi noqonuniy qurilishlar birma-bir oʻrganiladi.
Buxoro tumanida oʻzboshimchalik bilan qurilgan uylar bilan bogʻliq holat oʻrganiladi va holatda yoʻl qoʻygan rahbarlarga chora koʻriladi. Bu haqda viloyat hokimi farmoyishida aytiladi.
Mazkur qarorga Prezidentning uy-joy va kommunal soha boʻyicha selektori va 30 yanvar kuni Buxoro tumanida oʻtkazilgan sayyor qabuldagi fuqarolar murojaati sabab sifatida keltirilgan.
Buxoro tumanida oʻzboshimchalik bilan uchastkalar qurish va unga yoʻl qoʻygan masʼullar hatti-harakatini oʻrganish boʻyicha maxsus guruh tuziladi.
Aholi eʼtiroziga sabab boʻlayotgan noqonuniy mulklar va birma-bir oʻrganiladi va bartaraf etiladi, deyiladi farmoyishda.
Viloyat hokimi mazkur masalani oʻrganishda Kadastrlar palatasi va qurilish boshqarmasi rahbariga ham topshiriq bergan.