Bektemir tumani hokimi ishdan olindi
U 2021 yilda ushbu lavozimga tayinlangan edi.

Bektemir tumani hokimi Tapil Maxamadziyayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi qarori imzolandi.
Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Fatxulla Nigmanovga tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi.
Maxamadziyayev hokim lavozimiga 2021 yilda tayinlangan edi.