Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyatini taniysizmi?
Vazirlik rahbariyati va ular haqidagi qiziqarli maʼlumotlarni taqdim qilamiz.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati bilan tanishtiramiz va ular haqidagi qiziqarli maʼlumotlarni berib borishda davom etamiz.
Vazir general-mayor Qoʻldoshev Abdulla Hamidullayevich 1959 yil 5 sentabr Toshkent viloyatida tugʻilgan. 1986 yilda Ichki ishlar vazirligi Oliy muhandislik yongʻin-texnik bilim yurtining Toshkent fakultetini tamomlagan.
Abdulla Qoʻldoshevga 2022 yil 14 yanvar kuni Mardlik ordeni topshirilgan
Mehnat faoliyati
- 1986-2005 yillarda Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi tizimida harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi qismi oʻt oʻchiruvchisidan, Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻigacha boʻlgan lavozimlarda ishlagan;
- 1997-2001 yilgacha Ichki ishlar vazirligi yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;
- 2005-2009 yillarda Ichki ishlar vazirining jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
- 2009-yil-2011 yillarda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi;
- 2011-2012 yillarda Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi;
- 2012-2018 yillarda Yongʻin xavfsizligi oliy harbiy bilim yurti boshligʻi;
- 2018-2022 yillarda Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari;
- 2022 yil 1 martdan Favqulodda vaziyatlar vaziri.
Oʻrinbosar Zuparov Sanjar Taxirovich 1975 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1996 yili IIV Yongʻindan saqlash oliy texnik maktabini tamomlagan.
Oʻrinbosar Alibayev Xurshid Narkazakovich 1982 yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan. 2003 yilda Milliy universitetni, 2015 yilda Rossiya Fuqarolik mudofaasi akademiyasini tamomlagan.
Oʻrinbosar Jurauyev Shuxrat Xujamberdiuyevich Favqulodda vaziyatlar vazirining qurilish va muhandislik muhofazasi masalalari boʻyicha oʻrinbosari.
Bitta oʻrinbosar lavozimi boʻsh.
Axborot xizmati rahbari Sadikov Murad Ganiyevich 1984 yilda Qozogʻistonning Jambul viloyatida tugʻilgan. 2009 yilda Oʻzbekiston davlat sanʼat institutini tamomlagan.
2019 yil 21 oktabrda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati rahbari etib tayinlangan.
Qiziq maʼlumot
2022 yil 14 iyundagi "Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-154-sonli prezident farmoniga binoan fuqarolarning axborotni erkin izlash va olishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish maqsadida davlat idoralari ochiq maʼlumotlarni oʻz rasmiy sahifalariga joylab borishlari koʻzda tutilgandi. Bugun shu amaldami yoki yoʻqligini aniqlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyati, shu bilan bir qatorda rahbariyatini tahlil qilamiz.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy sahifasi(fvv.uz)da ochiq maʼlumotlar qismida (15:56 01.02.2024 holatiga koʻra) farmondagi roʻyxatdagilardan atigi 7 tasi joylangan xolos. Rahbariyat uchun ajratilgan xizmat mashinalari, xizmat uylari va shunga oʻxshash koʻchmas mulk, qolaversa, byudjet mablagʻlari sarfi haqida hech qanday maʼlumot yoʻq.
Maftuna Yodgorova tayyorladi.