Fargʻonadagi zapravkada janjal: bir kishi vafot etgan

Bosh prokuratura ikki nafar shaxs ushlanganini maʼlum qildi.

Jamiyat
5-fevral, 9:43
Fargʻonadagi zapravkada janjal: bir kishi vafot etgan

Fargʻonadagi zapravkada janjal yuz berdi, natijada bir kishi vafot etdi. 

3 fevral kuni Dangʻara tumanida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish shaxobchasida uch nafar shaxs oʻzaro janjallashgan. 

Shu paytda bezorilikni oldini olish maqsadida, ularni ajratish uchun kelgan boshqa shaxsga (2001 y.t.) ham faol qarshilik koʻrsatilgan. Bir necha vaqtdan soʻng, ushbu shaxs xushini yoʻqotgan va shifoxonaga olib borilayotgan vaqtida vafot etgan.  

Olib borilgan tergov oldi tekshirish harakatlari davomida Dangʻara tumani IIB huzuridagi TG tomonidan ikki nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va ular protsessual tartibda ushlangan, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.  

Marhumning oʻlimi yuzasidan Dangʻara tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Uning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan. 

"Tergov va tekshirish harakatlari har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻtkazilishi va natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi" deyiladi xabarda.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+