Oʻzbekiston yarim finaldan quruq qoldi
Oʻzbekiston Osiyo kubogi chorak finalida mezbon Qatarga qarshi maydonga tushdi.

Osiyo kubogi chorak finali uchrashuvida Oʻzbekiston mezbon Qatar termasi bilan oʻynadi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi va gʻolib aniqlanmadi. Qatarliklar dastlab 27 daqiqada hisobni ochishdi. Ikkinchi boʻlimning 58 daqiqasida Odiljon Hamrobekov hisobni tenglashtirdi.
Qoʻshimcha ikki taymda ham gʻolib aniqlanmadi. Natijada penaltilar seriyasi oʻtkazildi.
Penaltilar seriyasida Qatar 3:2 hisobida jamoasi gʻalaba qozonib, keyingi bosqichga yoʻl oldi.
Endi Qatar yarim finalda Eron bilan toʻqnash keladi.