Buxoroda hindistonlik talaba vafot etdi
Holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro davlat tibbiyot institutining 2003 yilda tugʻilgan 2-kurs talabasi Navas Nasmel 28 fevral kuni vafot etgan.
Holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, u talabalar turar joyidagi oʻz xonasida sogʻligʻi yomonlashgan va tez tibbiy yordam chaqirtirilgan. Zudlik bilan Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan. Koʻrsatilgan zarur tibbiy yordam va muolajalarga qaramasdan Navas Nasmel vafot etgan.
Dastlabki tashxisga koʻra, marhum ikki tomonlama oʻpkalarning total pnevmaniyasi natijasida yuzaga kelgan oʻtkir nafas yetishmovchiligidan joni uzilgan.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent viloyati Olmaliqdagi sexda yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatda uch nafar hindistonlik tom bosib qolib halok boʻlgandi.