Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi
Nodir Nurmatov 2021 yildan buyon hokim oʻrinbosari, investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi sifatida ishlab kelayotgandi.

Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari — investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi Nodir Nurmatov lavozimidan ozod etildi. U 2021 yil sentabridan beri ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi.
Nodir Nurmatov faoliyatini Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi yuridik boshqarmasi 1-darajali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisligidan boshlagan.
2010-2013 yy. - Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva (Shveysariya) shahridagi BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar boʻlinmasida Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotidagi vakili;
2013-2014 yy. - Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Bosh axborot-tahlil boshqarmasining Yevropa va Amerika mamlakatlari boʻlimi boshligʻi;
2014-2016 yy. - Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining yordamchisi;
2016-2021 yy. - Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisisi lavozimlarida ishlagan.
Oʻz navbatida Komilov Ibrohimjon Nurmahammadovich Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari — investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.