platina.uz
Iqtisod

Isroil Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishini ratifikatsiya qildi

Isroil iqtisodiyot vaziri Nir Barkat Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Xodjayev BAAda oʻzaro uchrashuv oʻtkazgan. 

Isroil Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishini ratifikatsiya qildi

Isroil Oʻzbekistonning JSTga aʼzoligini ratifikatsiya qildi. Bu haqda Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi X tarmogʻidagi sahifasida xabar berdi.

BAAda boʻlib oʻtayotgan Jahon savdo tashkilotining konferensiyasi doirasida tegishli hujjatni Isroil iqtisodiyot vaziri Nir Barkat Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Xodjayev bilan uchrashuvda imzoladi.

Maʼlumot uchun, JSTga aʼzo boʻlish uchun barcha aʼzo davlatlarning roziligi kerak. JSTga aʼzolik Oʻzbekistonga keng imkoniyatlar eshiklarini ochadi, mamlakat 164 ta davlat bilan teng huquqli asosda savdo qilish imkonini qoʻlga kiritadi.

Eslatib oʻtamiz, ikki kun avval prezident Shavkat Mirziyoyev oʻtkazgan yigʻilishda ham JSTga aʼzolik masalasi koʻtarilgandi. Unda Jahon savdo tashkiloti bilan samarali hamkorlik qilish maqsadida Savdodagi texnik toʻsiqlar boʻyicha axborot markazini ishga tushirish taklif qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid