1 mlrd. soʻmdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzarlik aniqlandi

Toshkentdagi 5-sonli yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida 432,0 mln. soʻmlik xaridda qonun buzilgan. 

Davlat xaridlari
28-fevral, 14:37
1 mlrd. soʻmdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzarlik aniqlandi

Umumiy qiymati 1 mlrd. soʻmdan ortiq boʻlgan uchta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masofaviy monitoringida maʼlum boʻlgan. 

Jumladan:

- Toshkent shahar 5-sonli yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi buyurtmachiligida joriy yilning 30 yanvar kuni issiq ovqat bilan taʼminlash boʻyicha autsorsing xizmati yuzasidan oʻtkazilgan 432,0 mln soʻmlik;

- Chapqirgʻoq-Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi buyurtmachiligida joriy yilning 9 fevral kuni elektrodvigatel xarid qilish yuzasidan oʻtkazilgan 79,9 mln soʻmlik;

 - Amu-Buxoro mashina kanali Olot tuman boshqarmasi buyurtmachiligida  joriy yilning 14 fevral kuni truba va list sotib olish yuzasidan  oʻtkazilgan  533,2 mln soʻmlik davlat xaridlarida Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar toʻqnashuvi), 20-moddasi (xarid komissiyasining huquq va majburiyatlari), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning bir qator talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan. 

Yuqoridagi holatlar boʻyicha xarid komissiyasining gʻolibni aniqlash bayonnomalarini bekor qilish toʻgʻrisida buyurtmachilarga Agentlikning taqdimnomalari kiritildi.

Agentlikning taqdimnomalariga binoan yuqoridagi davlat xaridlari boʻyicha xarid komissiyasining bayonnomalari bekor qilinishi taʼminlandi.

Shuningdek, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish maqsadida toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga  yuborildi, deyiladi xabarda.

Avval ham 2,5 mlrd. soʻmga yaqin davlat xaridlari bekor qilingandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+