platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev yozda Qozogʻistonga boradi

Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida hamkorlikning yangi mexanizmi – Davlat rahbarlari darajasidagi Oliy davlatlararo kengash tuzilmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev yozda Qozogʻistonga boradi

Qozogʻiston joriy yilning avgust oyida Shavkat Mirziyoyevning tashrifini kutmoqda.

Bu haqda Qozogʻiston Majilisi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisi Aygul Kuspan maʼlum qildi. Uning aytishicha, ertaga, 28 fevral kuni Qozogʻiston Oʻzbekiston bilan ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnoma ratifikatsiya qiladi.

Kelishuvga koʻra, Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida hamkorlikning yangi mexanizmi – Davlat rahbarlari darajasidagi Oliy davlatlararo kengash yaratilmoqda. Ushbu Kengash ishi Tashqi ishlar vazirlari kengashi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

– Birinchi uchrashuv Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi doirasida joriy yilning 8 avgust kuni Ostona shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan, – deydi Aygul Kuspan.

Avvalroq ikki davlat oʻzaro migratsiya qoidalarini yumshatgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid