Ohangaron shahriga hokim tayinlandi
Avvalgi hokim Akrom Eshonqulov fevral boshida lavozimdan ketgandi.

Muzaffar Rajabboyev Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining qarori bilan Ohangaron shahar hokimi etib tayinlandi.
Maʼlumot oʻrnida, Muzaffar Rajabboyev 1984 yilda Parkent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2007 yil Toshkent irrigatsiya va mellioratsiya instituti, 2014 yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi, 2019 yilda Xitoy Xalq Respublikasi xalqaro biznes va iqtisodiyot universitetida magistraturani tamomlagan.
U Qibray tumani IIB Yongʻin xavfsizligi xizmatida mehnat faoliyatini boshlagan.
Shuningdek, Yuqori Chirchiq, Parkeni tumani hokimliklarida masʼul vazifalarda ishlagan.
Tayinlovga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida boʻlim boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, shaharga 2020 yildan buyon rahbarlik qilayotgan Akrom Eshonqulov fevral oyi boshida ishdan olingandi.