Jadidlar haqida ilk yirik roman nashrdan chiqdi

Romanda jadidlardan tashqari ozodlik yoʻlida jonini tikkan Madaminbek qoʻrboshi kabi fidoyilar, mardikoroldi siyosatining mudhish manzaralari, Qoʻqon muxtoriyatidagi fitnalar va uning qulashi, rus bosqini kabi voqealar batafsil yozilgan.

Madaniyat
26-fevral, 14:58
Jadidlar haqida ilk yirik roman nashrdan chiqdi

Jadidlar hayoti va ijodi haqida oʻzbek adabiyotida yozilgan yirik badiiy asar "Choʻlpon" romani taniqli yozuvchi Nabi Jaloliddin qalamiga mansub boʻlib, u "Yangi asr avlodi" nashriyoti tomonidan qayta nashrdan chiqdi. Ushbu asar Choʻlponga bagʻishlangan boʻlishiga qaramay, unda barcha jadidlar haqida soʻz boradi.

Ikki kitobdan iborat romanda jadidlardan tashqari ozodlik yoʻlida jonini tikkan Madaminbek qoʻrboshi kabi fidoyilar, mardikoroldi siyosatining mudhish manzaralari, Qoʻqon muxtoriyatidagi fitnalar va uning qulashi, rus bosqini kabi voqealar batafsil yozilgan.

Millatning eng zabardast shoiri, yozuvchisi va jadidi Choʻlpon hayotidagi evrilishlar, bolaligi va ijodi haqida batafsil hikoya qilinadi. Choʻlponni sotganlar ochiq-oydin koʻrsatib beriladi.

Choʻlponning qamalishi, qatl etilishi bilan bogʻliq yangi faktlar, oʻzgacha yondashuvlar romanni yanada boyitgan. Eng muhimi, bari tarixiy faktlarga asoslangan.

Dilogiya 24 fevraldan sotuvga chiqarildi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+