Qoʻshtepa tumaniga yangi hokim tayinlandi
Avvalgi hokim fevral oyining boshida lavozimdan olingandi.

Anvarjon Abdullayev Qoʻshtepa tumani hokimi etib tayinlandi.
Uning nomzodi Xalq deputatlari Qoʻshtepa tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tasdiqlangan.
Sessiyada lavozimidan ozod etilgan Ilyosbek Novikov oʻrniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bogʻliq tashkiliy masala koʻrildi.
Anvarjon Abdullayev 1982 yilda Oʻzbekiston tumanida tugʻilgan. 2004 yilda Fargʻona politexnika institutini tamomlagan. 2004-2014 yillar davomida Qoʻqon shahar statistika boʻlimida, 2014-2022 yillarda Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston va Dangʻara tumani hokimliklarida masʼul lavozimlarda, 2022-2023 yillarda esa Fargʻona viloyati mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlagan.
2023 yildan tayinlovga qadar viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlib faoliyat koʻrsatib kelayotgandi.
Eslatib oʻtamiz, tumanning avvalgi hokimi Ilyos Novikov fevral oyining boshida ishdan olingandi.