Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi
Bu haqda Platina.uz manbasi xabar bermoqda.

Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Oxunov Bunyod lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar bermoqda.
Bunyod Oxunov mazkur lavozimga 2023 yil oktabr oyi oxirida kelgandi.
U Qishloq xoʻjaligi vazirligiga kelgunga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi moliya-iqtisodiyot va investitsiyalar departamenti boshligʻi lavozimida ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, yanvar oyida Qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Azim Nazarov ham ishdan olingandi.