Dehqonobod tumani hokimi ishdan olindi
U toʻrt oy avval lavozimga tayinlangandi.

Dehqonobod tumani hokimi Sulaymonov Akrom Isomiddinovich lavozimidan ozod etildi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi ushbu maʼlumotni Platina.uzga tasdiqladi.
Hozirda xalq deputatlari Dehqonobod tumani kengashi sessiyasi davom etmoqda.
Akrom Sulaymonov 2023 yil oktabrida tuman rahbarligiga kelgandi. Ungacha bu lavozimda ishlagan Zoyir Aliqulov esa Qarshi tumani hokimligiga oʻtgandi.
Eslatib oʻtamiz, Akrom Sulaymonov 2020-2023 yillarda Shahrisabz shahri hokimi sifatida ishlagan.
Maʼlumotlarga koʻra, Dehqonobodning yangi hokimi Koʻkdala IIB boshligʻi sifatida ishlagan Sherzod Shokirov boʻlishi mumkin.