Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonning ayrim kompaniyalariga cheklov kiritdi
Bu Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 13-paketi bilan bogʻliq.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarining navbatdagi paketini eʼlon qildi.
Roʻyxatga Oʻzbekistondagi kompaniyalar ham kiritilgan.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 13-paketini kiritgan.
Cheklovlar Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Eron va Turkiya kompaniyalariga nisbatan eʼlon qilingan boʻlib, 106 jismoniy va 88 yuridik shaxsni qamrab olgan.
Jumladan, Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi "Alfa Beta Creative" MChJ, "GFK Logistics Asia" MChJ, "Mvizion" MChJ kompaniyalari ham ushbu roʻyxatdan oʻrin olgan.
Izoh berilishicha, ular “Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazuvchi yoki tahdid soluvchi harakatlari uchun javobgardirlar”.
Qayd etish kerakki, soʻnggi ochiq maʼumotlarga koʻra, "Mvizion" MChJ tugatilmoqda.