Oʻzbekiston yana bir antireytingda yuqoriladi
Birinchi oʻrin Eronga tegishli.

Forbes nashri jahondagi eng kuchsiz valyutalar reytingini eʼlon qildi.
Ӯzbek soʻmi valyutalar antireytingida TOP 10 talikdan ӯrin olgan. U ӯtgan yilgidan ham kuchsizlangani namoyish qilib, 7-oʻrindan bir pogʻona yuqorilagan va 6-oʻrindan joy olgan. Ushbu faxrsiz 10 talik AQSh dollariga nisbatan eng zaif valyutalarni aks ettiradi:
1. Eron riyoli — 42 037
2. Vetnam dongi — 24 535
3. Laos kipi — 20 839
4. Serra-Leone leonesi — 19 750
5. Indoneziya rupiyasi — 15 635
6. Oʻzbek soʻmi — 12 495
7. Gvineya franki — 8 584
8. Paragvay guaranasi — 7 293
9. Uganda shillingi — 3 878
10. Iroq dinori — 1 308
Taʼkidlash lozim, valyutaning AQSh dollariga nisbatan kursiga mamlakatdagi inflyatsiya, bank-moliya tizimidagi siyosat, import-eksportdagi muvozanat, jahon iqtisodiyoti va moliyaviy tizimidagi ӯzgarishlar va boshqa bir qancha omillar taʼsir kӯrsatadi. Shu bois milliy valyuta kursining AQSh dollariga nisbatan ӯsishi har doim ham mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishidagi salbiy tendensiyani aks ettirmaydi.