Uy-joy qurib berish vaʼdasi bilan fuqarolarni 27 mlrd. soʻmga aldaganlar aniqlandi

Ushbu mablagʻlarning bir qismi xorij birjasiga tikib yuborilgan. 

Jamiyat
21-fevral, 17:35
Uy-joy qurib berish vaʼdasi bilan fuqarolarni 27 mlrd. soʻmga aldaganlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va "Oʻzbekiston 24" telekanali hamkorligida tayyorlangan koʻrsatuvda maʼlum qilinishicha, uy-joy qurib berish vaʼdasi bilan 27 milliard soʻmni oʻzlashtirganlar aniqlandi. 

Joriy yilning yanvar oyida Departament tezkor qidiruv ishlari davomida  “Arkenstone” va “VescoCottage” MChJlar turar joylar qurib sotish bilan fuqarolarni aldab, milliardlab pullarni oʻzlashtirgani aniqlangan.

Ushbu MChJ rahbarlari ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon berib, aholiga kottej uylarni qurib berishni taklif etgan va kechiktirib toʻlash imkoni borligini aytib, xaridorlarni jalb etganlar.

Amalda esa ularga uy-joy qurish uchun hech qanday yer ajratilmagan. 

Natijada ular 2022-2023 yil davomida fuqarolardan 125 million soʻmdan boshlangʻich toʻlov sifatida olib, jami 27 milliard soʻmni oʻzlashtirganlar. Departament koʻrgan choralar natijasida MChJlar hisob raqamiga tegishli 823 mln. smoʻ mablagʻning harakati toʻxtatib qoʻyildi. 

Olib borilgan tekshiruvlarda maʼlum boʻlishicha, MChJlarni tashkil etgan fuqaro Mahamatov juda koʻp miqdorda xorijiy valyutani xorijagi shubhali hisob raqamga oʻtkazgan va birjaga tikib yuborgan. Olib borilgan harakatlar natijasida birjaga tikilgan 625 ming AQSh dollari Oʻzbekistonga qaytarildi. 

Hozirda Mahamatov va boshqalarga Jinoyat Kodeksining 168 va 243-moddalari bilan ish qoʻzgʻatilgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+