Toshkent viloyatidagi sexda uch hindistonlik halok boʻldi

Shuningdek,  29 kishi shifoxonaga yotqizilgan. 

Jamiyat
20-fevral, 14:23
Toshkent viloyatidagi sexda uch hindistonlik halok boʻldi

Toshkent viloyatidagi sexda baxtsiz hodisa yuz berdi,  oqibatda uch nafar hindistonlik halok boʻldi. 

Bir necha kundan beri davom etayotgan sovuq ob-havo, togʻli hududlarda koʻp qor yogʻishi va qattiq shamol tufayli "Enter Engineering” kompaniyasining metall tayyorlash sexidagi (AZMK-3) vaqtinchalik qurilmaning tom qismi qulashi natijasida texnogen vaziyat vujudga kelgan, deyiladi FVV xabarida.

Buning natijasida uch nafar hindistonlik ishchilar voqea joyida vafot etgan, 29 nafari turli darajadagi tan jaroxatlari olganligi sababli shifoxonaga joylashtirilgan, ularga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda. Jabrlangan fuqarolarning 4 nafariga shifoxonada zarur tibbiy yordam koʻrsatilib javob berilgan. 

Ushbu holat yuzasidan dastlabki tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, ob-havoning keskinlashuvi va qalin qor yogʻishi oqibatida bugun Olmaliq shahridagi “Qoʻqon bozorida” ham savdo navesi qulashi yuz berdi.

Jabrlanganlar yoʻq.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+