Sirdaryo tumani hokimi Mirzachoʻlga rahbar boʻldi

Mirzachoʻl tumani hokimi Sherzod Ahmedov tanqidlar bilan ishdan olingandi.

Jamiyat
20-fevral, 20:00
Sirdaryo tumani hokimi Mirzachoʻlga rahbar boʻldi

Sirdaryo tumani hokimi lavozimida ishlagan Botir Mirzaqulov Mirzachoʻl tumaniga hokim etib tayinlandi.

Bugun xalq deputatlari Mirzachoʻl tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada shu masala koʻrildi.

Botir Mirzaqulov 2020 yildan beri Sirdaryo tumaniga hokim boʻlib kelayotgan edi.

Avvalroq Mirzachoʻl tumani hokimi Sherzod Ahmedov tanqidlar bilan ishdan olingandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+