Olmaliqda halok boʻlgan hindistonliklar oilalariga kompensatsiya toʻlanadi

Platina.uz muxbiri holat yuzasidan surishtiruv oʻtkazdi.

Jamiyat
20-fevral, 18:03
Olmaliqda halok boʻlgan hindistonliklar oilalariga kompensatsiya toʻlanadi

Olmaliq KMK 3-mis boyitish fabrikasi qurilishida ishlayotgan hindistonlik ishchilar ustiga vaqtinchalik qurilmaning tom qismi qulagani xabar berilgandi. Ishchilar  “Emirates” kompaniyasidan jalb etilgan boʻlgan. 

Buning natijasida 3 nafar hindistonlik ishchilar vafot etgan, 27 nafari shifokorlarga murojaat qilgan. Murojaat qilganlarning 4 nafariga shifoxonada zarur tibbiy yordam koʻrsatilib javob berilgan.

Platina.uz muxbir holat yuzasidan surishtiruv oʻtkazdi.

Maʼlum boʻlishicha, mazkur holatni oʻrganish uchun Hindiston konsuli Rajesh Badola tashrif buyurdi. Holat boʻyicha berilgan maʼlumotga koʻra, baxtsiz voqea hindistonlik muhandislar tomonidan ish taqsimlash vaqtida taxminan ertalabki soat 8.00lar da yuz bergan.

Ish beruvchi tomonidan barcha ishchilar sugʻurtalangan boʻlib, vafot etganlar oilalariga kompensatsiya puli toʻlab beriladi. Jarohatlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+