Bishkekdagi issiqlik markazida yirik avariya yuz berdi

Natijada hududda favqulodda holat eʼlon qilingan. 

Jahon
2-fevral, 9:38
Bishkekdagi issiqlik markazida yirik avariya yuz berdi

Avariya tufayli Bishkek issiqlik elektr stansiyasi hududida favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda Qirgʻiziston Favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Ajikeyev oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, obʼektdagi avariya bevosita mamlakat rahbariyati va maxsus xizmatlarining nazorati ostida.

“Hozirgi vaqtda haroratning pastligi tufayli batareyalar tarmoqning ortiqcha yuklanishiga bardosh berish uchun quvvat ishlab chiqarishni oshirdi. Bishkek IESda avariya sabablarini bartaraf etish va aniqlash boʻyicha mutaxassislar ishlamoqda”, — deya qoʻshimcha qildi u.

Eslatib oʻtamiz, bugun, 2 fevral kuni soat 03:00 da issiqlik markazida avariya yuz berdi, natijada muhim qismlar ishdan chiqdi. Natijada markazning uch xodimi jarohat olgan, ularning biri juda ogʻir ahvolda. Bishkekdagi maktablar onlayn rejimga oʻtkazildi. 

“Avariya munosabati bilan ishdan chiqqan uskunalarni tiklash va favqulodda holat oqibatlarini tiklash boʻyicha tezkor shtab tuzildi”, — deyiladi Energetika vazirligi xabarida.

Ayni paytda vaziyatni bartaraf etishga barcha shaxsiy tarkib jalb etilgan.

“Sizlarga maʼlum qilamizki, aholi uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlanmoqda. Biroq, kissiqlik elektr stansiyasi va issiqlik tarmoqlari ishini saqlab qolish maqsadida shahar aholisiga issiq suv taʼminoti toʻxtatildi. Ayni paytda tezkor shtab tomonidan fuqarolarning xonadonlarida issiqlik taʼminotini tiklash ishlari olib borilmoqda. Hurmatli fuqarolar, uzr soʻraymiz va mavjud vaziyatga tushunish bilan munosabatda boʻlishingizni soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+