Toshkentda 14,2 mlrd. soʻmlik tabiiy gaz oʻgʻirlandi

Mazkur holat sabab jinoyat ishi ochilgan. 

Jamiyat
19-fevral, 14:21
Toshkentda 14,2 mlrd. soʻmlik tabiiy gaz oʻgʻirlandi

Toshkentda 14,2 mlrd.  soʻmlik gaz yashirincha talon-toroj qilingani aniqlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar prokuraturasi hamda DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda Mirzo Ulugʻbek va Qibray tumanlari gaz taʼminoti boʻlimi masʼul shaxslari hududdagi gaz quvurlariga ulanish ahvolini oʻz vaqtida koʻzdan kechirib, oʻrganish ishlarini olib bormaganliklari oqibatida “M.O.” MChJ rahbari O.X. va boshqalar tomonidan “Doʻstlik” MFY hududidagi yer osti yuqori bosimli gaz quvuriga yashirincha ulanib, MChJ issiqxonasida tabiiy gazdan yashirincha foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 14,2 mlrd soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq ob-havoning keskin sovib ketishi oqibatida gaz zapravkalariga cheklovlar oʻrnatilgandi

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+