Oʻzbekistonning narkotik isteʼmolidagi oʻrni maʼlum boʻldi
Rossiya va Qozogʻiston reytingda yomon natija qayd etdi.
World Population Review eʼlon qilgan dunyo boʻylab narkotik isteʼmol qilish reytingida Oʻzbekiston 95-oʻrinni egalladi. Bu koʻrsatkich bilan mamlakat Markaziy Osiyoning besh respublikasida oxirgi oʻrinni egallagan.
Reyting BMTning Narkotiklar boʻyicha Jahon hisoboti va JSSTning global observatoriyasi maʼlumotlariga tayangan holda tuzilgan.
Oʻzbekiston reytingda Saudiya Arabistoni va Shri-Lanka oraligʻida joylashgan.
Taʼkidlanishicha, nasha dunyodagi eng keng tarqalgan giyohvand modda boʻlib qolmoqda. U 154 ta mamlakat va hududlarda, opium esa 57 ta davlatda eng koʻp yetishtirilgan giyohvand moddaga aylangan.
Giyohvand moddalar eng koʻp isteʼmol qilinadigan davlat — AQSh. Undan keyingi oʻrinlarni Estoniya, Belarus, Mongoliya, Kanada, Rossiya kabi davlatlar egallagan.
Markaziy Osiyoda Qozogʻiston TOP-10'talikga kirgan boʻlsa (8-oʻrin), Qirgʻiziston 23-oʻrin, Turkmaniston 41-oʻrin va Tojikiston 76-oʻrinda qayd etilgan.