Rossiya shu vaqtgacha Ukraina urushiga qancha pul sarflagani aytildi

Pentagon rasmiy vakili bu haqda maʼlumot berdi. 

Jahon
17-fevral, 10:58
Rossiya shu vaqtgacha Ukraina urushiga qancha pul sarflagani aytildi

Rossiya 2022 yil fevral oyida boshlangan Ukraina urushiga 211 milliard dollar sarflagan. Bu haqda Pentagonning yuqori martabali vakili brifing chogʻida maʼlum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

"Rossiya Ukrainadagi urushni moliyalashtirish, qoʻshinlarni joylashtirish va saqlash xarajatlarini uchun 211 milliard dollar sarflagan boʻlishi mumkin", deydi u.

Pentagon vakili shuningdek, iqtisodiy oʻsishdan mahrum boʻlgani va sanksiyalar nuqtai nazaridan, Ukraina mojarosi Rossiyaga 1,3 trillion dollarga tushganini daʼvo qilmoqda.

Oʻtgan yilning noyabr oyida Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov 2024 yilda mamlakat mudofaa qobiliyatini taʼminlashga sarflanadigan umumiy xarajatlar deyarli 11 trillion rublni tashkil etishini aytgan edi. Shuningdek, u davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va "maxsus operatsiya" (Rossiya rasmiylari Ukraina urushini shunday nomlaydi) ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlash asosiy vazifa ekanini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz,  Gʻabr tomoni Rossiya urushda yuz minglab askaridan ayrilganini aytadi.  Ammo rus rasmiylari anchadan beri yoʻqotishlarni ochiqlamay kelmoqda. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+