platina.uz

Toshkent hokimi suv toshqinlariga qarshi mablagʻ ajratdi

Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi mablagʻ sarflanishini tekshiradi.  

Jamiyat
16-fevral, 12:17
Toshkent hokimi suv toshqinlariga qarshi mablagʻ ajratdi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovning qarori bilan byudjetning zaxira jamgʻarmasi hisobidan 846 million 500 ming soʻm pul ajratildi.

Taqdim etilayotgan pullar Toshkent shahrida yogʻingarchilik davrida suv toshqinlari bilan bogʻliq avariyaviy holatlarni zudlik bilan bartaraf etish uchun talab etiladigan maxsus mexanizm va materiallarni xarid qilish uchun beriladi.

Mablagʻlar Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi Drenaj va kollektorlarni taʼmirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga beriladi.

Toshkent shahar Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi ajratilgan pullarning maqsadli sarflanishini nazorat qiladi.

Avvalroq Jizzax viloyati hokimi "Tasviriy oyina" uchun mablagʻ ajratgani maʼlum boʻlgandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+