Prezident poraxoʻr prokuror haqida gapirdi

Kogon tumani prokurori 90 ming dollar bilan ushlangandi. 

Jamiyat
16-fevral, 15:56
Prezident poraxoʻr prokuror haqida gapirdi

Andijonda oʻtayotgan yigʻilishda prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori pora bilan ushlangani haqida gapirdi.

"Kogon tumani prokurori 100 ming dollar bilan qoʻlga tushdi. Men nega buni xalqqa aytyapman: oʻzi kurashchi boʻlib, xodimi oʻgʻri boʻlsa, dardimizni kimga aytamiz? 

Uch kun oldin menga aytdi. Men indamanglar, oxirigacha sekin boringlar, bu narsa ertaga suddan qaytmasligi kerak dedim. U noinsof 200 ming dollarni gaplashgan. 91 ni olib kelyapti, narigisini ham olib kelasan deyapti. Uni ham indamanglar dedim. Sekin yana uchinchi kuni 91 ni olib keldida, 101 ni olib kelinglar deyapti. Oʻrtadagi vositachilar 10 nini olib qolyapti. Noinsof prokuror 10 ni ham menga olib kel deyapti.

Bosh prokurorimiz shu yerda oʻtiribdi, Buxoroga borib ishdan oladi", - dedi prezident.

Eslatib oʻtamiz,  13 fevral kuni DXX oʻtkazgan tezkor tadbirda Kogon tumani prokurori 90 ming dollar bilan ushlangandi

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+