Buxorolik taniqli jurnalist vafot etdi
U Jurnalistlar uyushmasining Buxoro boʻlimini boshqarib kelayotgandi.
![Buxorolik taniqli jurnalist vafot etdi](https://cp.platina.uz/media/CACHE/images/FB_IMG_1708058191151.3d252286bd30.webp)
Buxorolik taniqli jurnalist, Jurnalistlar uyushmasining Buxoro boʻlimi rahbari Baxtiyor Asadov vafot etdi.
Bu haqda Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi xabar berdi.
Baxtiyor Asadov 65 yoshni qarshi olgandi.
Baxtiyor Asadov Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlab, uzoq yillar sohada samarali ijod qildi.
Faoliyati davomida “Yosh leninchi” gazetasi musahhihi, “Jondor ovozi” gazetasi muxbiri, “Buxoro haqiqati” gazetasi masʼul kotibi, “Oʻzbekiston” radiosining Buxoro va Navoiy viloyatlari boʻyicha muxbiri, “Yoshlar” telekanalining Buxoro viloyati boʻyicha muxbiri, shuningdek, “Buxoro sporti” gazetasi bosh muharriri lavozimlarida ishlagan.
Platina.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.