Qozogʻistonlik jurnalist Oʻzbekistonni Markaziy Osiyoning eng kuchli jamoasi deb atadi
U shuningdek, Tojikiston haqida ham iliq fikrlar bildirgan.

Qozogʻistonlik jurnalist futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasini Markaziy Osiyoda eng kuchli deb atadi.
Oʻzbekiston va Tojikiston terma jamoalari Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogidagi ishtirokidan soʻng FIFA reytingidagi oʻrinlari sezilarli darajada yaxshilangan.
Oʻzbekiston 3 pogʻonaga koʻtarilgan boʻlsa, Tojikiston 99-oʻrinni egallab, hozirda 100-oʻrinni band etgan Qozogʻiston terma jamoasini ham ortda qoldirdi.
Qozogʻistonlik mutaxassis, futbol sharhlovchisi Sanjar Akatayev bu oʻzgarishlarni baholadi. Akatayev qiyin guruh bosqichidan oʻta olgan, turnirning yakuniy gʻolibi Qatar termasiga va finalchiga aylangan Iordaniyaga qarshi oʻynagan Tojikiston termasining muvaffaqiyatli oʻyinini alohida taʼkidladi.
Mutaxassisning fikricha, Tojikiston FIFA reytingining TOP-100taligiga kirishi mutlaqo loyiq.
Oʻzbekiston terma jamoasiga kelganda, Akatayev chorak finaldagi magʻlubiyat hayratlanarli emasligini taʼkidladi. Oʻzbekiston penaltilar seriyasida Qatarga imkoniyatni boy berib, chorak finalda ishtirokini toʻxtatdi. Akatayev Oʻzbekistonni Osiyo Kubogidagi eng yaxshi jamoalardan biri deb tan oldi va u Yevropa mintaqasida oʻynaydigan Qozogʻistonni hisobga olmaganda Markaziy Osiyodagi eng kuchli jamoa ekanini taʼkidlagan.