Oʻzbekiston saytlariga kiberhujumlar keskin koʻpaydi

Kiberhujumlarning eng koʻpi Niderlandiya va AQShdan amalga oshirilgan. 

Jamiyat
14-fevral, 18:00
Oʻzbekiston saytlariga kiberhujumlar keskin koʻpaydi

Oʻzbekistondagi veb-resurslarga kiberhujumlar keskin ortdi. 2023 yilda qayd etilgan tarmoq hujumlarining intensivligida sezilarli oʻsish kuzatilib, 2022 yilga nisbatan mazkur koʻrsatkich 148 foizga ortgan. 

Yaʼni bu boradagi koʻrsatkich 4 mln 433,8 mingdan 11 mln 20,2 mingtaga koʻpaygan.

Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi hisobotida maʼlum qilindi.

Rasmiy veb-resurslarning axborot va kiberxavfsizlik talabi boʻyicha 677 resursda umumiy 1186 ta zaiflik aniqlandi, shundan 1022 tasi davlat resurslari hissasiga toʻgʻri keladi. Kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari 577 ta zaiflikni bartaraf etishga muvaffaq boʻlgan. 

Bartaraf etilmaganlari xususida "Oʻzkomnazorat" bilan hamkorlik qilingan, natijada 7 ta veb-resursning faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan. 

Aniqlangan zaiflik va kamchiliklarni tuzatish asnosida  25.7 million Oʻzbekiston fuqarosining maʼlumotlari sizib chiqishi va boshqa salbiy hodisalarning oldi olindi.  Shuningdek, 13 mingdan oshiq bank kartalari egalarining 3 milliard soʻmdan oshiq pullarini boshqa hisobga yoʻnaltirish bilan bogʻliq operatsiyalar toʻxtatildi. 50 mingdan oshi foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga kirib, pul operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatining oldi olindi. 

2023 yil davomida veb-resurslarda jami 158 ta kiberxavfsizlik hodisa yuzaga kelgan, bu 2022 yilga qaraganda 32 foizga kam. 

2023 yilda amalga oshirilgan kiberhujumlarning geografik jihatdan taalluqliligi tahliliga koʻra, Niderlandiya (759,5 mingta), AQSh (696,6 mingta), Rossiya (100 mingta), Germaniya (58 mingta), Hindiston (53 mingta) va Xitoy (51 mingta) hududidagi IP-manzillardan eng koʻp kiberhujumlar uyushtirilgan.  Eng koʻp kiberhujum turi SQL-inʼeksiyaga toʻgʻri keladi ( 18,55 foiz). 

Davlat veb-resurslari umumiy hisobda 1129 ta nosozlik vujudga keldi (2022 yilga nisbatan 36 foizga koʻp). Nosozliklarni bartaraf qilish uchun ketgan vaqt miqdori esa 22 660 soat 22 daqiqani tashkil qildi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+