Andijon va Namangandagi tumanlarga hokim tayinlandi
Otavulloxon Rasulov Oltinkoʻl tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Otavulloxon Rasulov Oltinkoʻl tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Bungacha u Andijon viloyat kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari - mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun davomida Abdujalilov Ergashali Abduqurbonovich Oltinkoʻl tumani hokimi vazifasini bajaruvchi boʻlib ishlagan.
Muhammad Haydarov Uchqoʻrgʻon tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u Namangan tumanidagi "Olaxamak" MFYda hokim yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kyelayotgan edi.
Avval bu lavozimda Jahongir Rizayev ishlayotgandi. 18 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024 yilda turgan vazifalar boʻyicha yigʻilish oʻtkazilgandi. Yigʻilishda bosh vazir Abdulla Aripovga sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda oʻsish boʻlmagan 7 ta hudud, jumladan, Uchqoʻrgʻon tumani hokimining lavozimiga loyiqligini koʻrib chiqishni topshirgandi.