Toshkentda bir yilda YTHlar sabab qancha odam halok boʻlgani ochiqlandi
Jumladan, baxtsiz hodisalar sabab oʻn nafar kishi nogiron boʻlib qolgan.

Toshkent shahar prokurori Erkin Yoʻldoshev poytaxtdagi yoʻl-transport hodisalari bilan bogʻliq raqamlarni ochiqladi. Prokuror shaharda avtomobillar sonining koʻpligi va tirbandlik tufayli shahar yoʻllarida vaziyat yomonlashgani fonida bu borada bayonot berdi.
Prokurorning soʻzlariga koʻra, 2023 yilda Toshkent shahrida 95 nafar fuqaro yoʻl-transport hodisalarida halok boʻlgan. Afsuski, halok boʻlganlar orasida 10 nafar bola ham bor.
Bundan tashqari, yoʻl-transport hodisalari natijasida 1248 kishi jabrlangan. Ulardan 10 nafari nogiron boʻlib qoldi. Qurbonlar orasida 235 nafar bola bor.
Shuningdek, haydovchilar oʻrtasida mast holda transport vositasini boshqarish bilan bogʻliq 4 ming 384 holat aniqlangan. 26 holatda mast holda avtomobilni boshqarish YTHga sabab boʻlgan.
Aksariyat hollarda baxtsiz hodisalar tezlikni oshirish, svetoforga eʼtibor bermaslik, masofani saqlamaslik va piyodalar oʻtish joylariga eʼtibor bermaslik tufayli sodir boʻladi, deyiladi xabarda.
Avvalroq Surxondaryoda mashinani poyezd bosib ketishi oqibatida bir oilaning besh aʼzosi halok boʻlgandi.