Oʻzbekistonliklar Ozarbayjonda 15 kungacha roʻyxatdan oʻtmasdan yurishi mumkin boʻladi
Avvalroq shunga oʻxshash kelishuv Qozogʻiston bilan ham imzolangandi.

Endilikda Oʻzbekiston fuqarolari Ozarbayjon hududida 15 kun davomida roʻyxatdan oʻtmasdan qolishi mumkin. Bu haqda Oʻzbekiston IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu oʻzgartirish Oʻzbekiston hukumati bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi 1997 yil 18 iyunda imzolangan Oʻzbekiston fuqarolarining vizasiz sayohati toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi bayonnomaning kuchga kirishi bilan bogʻliq.
Protokol 2023 yil 22 avgustda Boku shahrida (Ozarbayjon) imzolangan va 2024 yil 15 yanvarda kuchga kirdi.
Ushbu hujjat Oʻzbekiston va Ozarbayjon hududiga kirish va chiqish, tranzit va vaqtincha boʻlishning 15 kun davomida ruxsatnoma olish va tegishli davlat organlarida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtish zaruratisiz yangi tartibini nazarda tutadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq shunga oʻxshash kelishuv Qozogʻiston bilan ham imzolangandi. Unga koʻa, Oʻzbekiston va Qozogʻiston fuqarolari 30 kungacha roʻyxatdan oʻtmasdan ushbu mamlakatlarda yura oladi.