platina.uz

Oʻzbekiston koʻp goʻsht isteʼmol qiladigan davlatlar roʻyxatidan joy oldi

2023 yilda Oʻzbekistonda 2,8 mln. tonna goʻsht yetishtirilgan.

Jamiyat
13-fevral, 9:30
Oʻzbekiston koʻp goʻsht isteʼmol qiladigan davlatlar roʻyxatidan joy oldi

Oʻzbekiston mol goʻshti koʻp isteʼmol qilinadigan mamlakatlar reytingida oltinchi oʻrinni egalladi.

Bir Oʻzbekiston fuqarosi oʻrtacha hisobda 86,5 grammga yaqin goʻsht isteʼmol qiladi,

BMT oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonning har bir fuqarosi yiliga oʻrtacha 31,6 kilogramm mol goʻshti isteʼmol qiladi. Demak, har bir Oʻzbekiston fuqarosiga kuniga qariyb 86,5 gramm mol goʻshti toʻgʻri keladi.

Bu koʻrsatkichlar boʻyicha Oʻzbekiston jahon reytingida oltinchi oʻrinni egalladi. Argentina, Zimbabve, AQSh, Avstraliya va Braziliya kabi davlatlar mamlakatdan oldinda joylashgan. Qoʻshni Qozogʻiston yetakchi oʻntalikni yakunladi.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilda Oʻzbekistonda 2,8 mln tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan.

Goʻsht yetishtirish hajmi 2022 yil bilan solishtirilganda 3,9 % ga oshgan. Viloyatlar ichida Samarqand birinchi oʻrinni egallagan - 326 ming tonna.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+