Bitkoin narxi soʻnggi uch yil ichida ilk bor 50 ming dollardan oshdi
Bu haqda Binance birjasi maʼlumotlari darak bermoqda.

Binance birjasi maʼlumotlariga koʻra, 12 fevral oqshomida bitkoin kriptovalyutasi (BTC) narxi 2021 yil dekabridan beri birinchi marta 50 000 dollardan oshdi.
Kriptovalyutaning maksimal narxi 50 255,67 dollargacha yetdi. Keyinchalik narx pasaydi va taxminan 48 962 dollarni tashkil etdi.
CoinMarketCap maʼlumotlariga koʻra, kriptovalyutaning butun tarixida eng yuqori narx 2021 yil 10 noyabrda qayd etilgan. Oʻsha paytda bitkoin narxi 68 789,63 dollarni tashkil etgandi, yaʼni pasayish hozirda taxminan 27,45% ni tashkil qiladi.
AQSh Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasi (SEC) bitkoinga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya qiladigan dastlabki 11 ETFning ishga tushirilishini rasman maʼqullaganini maʼlum qildi, bu kriptovalyutaga boʻlgan talabni va uning qiymati oshishi haqidagi prognozlarni keltirib chiqardi.
Eslatib oʻtamiz, bitkoin ilk bor 2009 yilda yaratilgan. Oʻsha paytda 1300 bitkoin bir AQSh dollari miqdorida teng boʻlgan.